O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida dorivor o‘simliklar masalalari bo‘yicha Agentlik direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

"Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–251-son, 20.05.2022 y.).

Mazkur qarorga asosan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

✅ dorivor o‘simliklar bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining dorivor o‘simliklar mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
✅ dorivor o‘simliklar va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tibbiy ahamiyati hamda ularni qo‘llashga oid maxsus ko‘rsatuvlar va roliklarni muntazam namoyish etilishini tashkil qilish;
✅ dorivor o‘simliklarga oid ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ko‘maklashish, dorivor o‘simlikshunoslik tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
✅ dorivor o‘simliklar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar talabini tahlil qilgan holda har yili Qishloq xo‘jaligi vazirligiga dorivor o‘simliklar yetishtirish hajmlari to‘g‘risida taklif kiritish.

Mazkur bandga muvofiq Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yuklatilayotgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi mavjud shtat birliklari doirasida Agentlikda direktor o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlashni tashkil etish va ilmiy-ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 5 ta shtat birligidan iborat boshqarma tashkil etiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech