O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Navoiy va Bobur tavalludi munosabati bilan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi

Millatimiz maʼnaviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barcha muassasa hamda tashkilotlarida keng nishonlanmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muxabbat Ibragimova tashabbusi bilan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbir avvalida buyuk siymolarimiz tarixi va ularning ijodiga bag‘shlangan maxsus taqdimot o‘tkazildi. Shundan so‘ng, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qidi. Mutolaa onlari ijodkorlarning baytlariga kuylangan qo‘shiqlar va raqslarga ulanib, kechaga o‘zgacha fayz kiritdi va yig‘inganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirdagi bara fotolar bu manzilda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech