O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 4 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 61-sonli bayoni 11-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorning tegishli buyrug‘i bilan “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dastur oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kursida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, Agentlikka eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirishdan iboratdir.

“Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

➖ oliy taʼlim muassasalari hamda Agentlik o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish;
➖ eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni seleksiya qilish;
➖ nomzodlarni stajirovka o‘tash uchun yo‘naltirish hamda “ustoz-shogird anʼanasi” asosida tajribali ustoz-mentorlarga biriktirish;
➖ stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (suhbat) asosida davlat xizmatiga ishga qabul qilish.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech