O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha maʼlumoti

“Pharmacia” MCHJ tomonidan “Dori vositalari va tibbiy qo‘lqop ishlab chiqarish” loyihasining umumiy qiymati 6,5 mln. dollariga (shundan, 28,73 mlrd. so‘m o‘z mablag‘i, 3,84 mln. dollari bank krediti) teng, ishlab chiqarish quvvati yillik 12 mln. dona tibbiyot qo‘lqopi va tabletka, kapusla shaklidagi dori vositalari, ishlab chiqarish hajmi 30 mlrd. so‘m bo‘lib, 2021 yil 4-choragida dori vositalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Korxona ishga tushirilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda bino qurib bitkazilgan, Xitoy davlatidan dastgohlar keltirish uchun shartnomalar tuzilib, Asaka bank orqali 3,842 mln. dollar miqdoridagi kredit ajratilgan hamda texnologik uskunalar olib kelib o‘rnatilgan va montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Joriy yil dekabr oyiga tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqarish qismi, hamda qattiq dori turlari ishlab chiqarish qismi esa 2022 yil fevral oyida foydalanishga qabul qilinishi kutilmoqda.

“LIFE IMPORT” MCHJ tomonidan “Tibbiy buyumlar ishlab chiqarish” loyihasining umumiy qiymati 36,74 mlrd. so‘mga (shundan, 22,7 mlrd. so‘m o‘z mablag‘i, 1,3 mln. dollar bank krediti) teng, loyihaning yillik ishlab chiqarish hajmi 115 mln. dona shpris va sistemalar, 2021 yil 4-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 50 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda bino qurib bitkazilgan. Xitoy davlatidan dastgohlar keltirish uchun shartnomalar tuzilib, texnologik asbob-uskunalar olib kelingan, bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasidan mutaxassislar kelishi kutilmoqda, 2022 yil fevral oyida loyiha foydalanishga qabul qilish kutilmoqda.

“GNT CARE” MCHJ QK tomonidan “Tibbiy buyum va texnikalar ishlab chiqarish” loyihasining umumiy qiymati 2,5 mln. dollar (shundan, 10,9 mlrd. so‘m o‘z mablag‘i, 1,5 mln. dollari xorijiy investitsiya) bo‘lib, loyihaning yillik ishlab chiqarish hajmi 30 ming dona tonometr va glyukometrlar ko‘zda tutilgan, 2022 yilning 1-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushishi natijasida 20 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda bino qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilgan, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlar va texnologik uskunalar keltirilgan va korxonada ishlab chiqariladigan 4 turdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikalarini O‘zbekiston Respublikasi davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun xujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Loyiha foydalanishga qabul qilishga tayyorlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech