O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Jizzax viloyat bo‘linmasi tanqidiy maqola yuzasidan, dorixonalar tomonidan karantin davrida qayd etilgan kamchiliklarni o‘rganishdi

Jizzax viloyati “Ishonch” gazetasi, 18.06.2020, №65 sonida “Yashil hudud” beparvolikka yo‘l degani emas” maqola chop etilgan edi. Unga ko‘ra Zarbdor tumani ko‘chalarida odamlarda tibbiy niqob yo‘qligi, tuman tibbiyot birlashmasi darvozasi qarshisidagi qator dorixonalar, xususan “Muzaffar Hojiakbar” XKga qarashli 5-dorixona, “Shahrizoda Med” XK, “Ayubxon invest” MCHJga qarashli dorixonalarda karantin qoidalariga amal qilmaslik borasidagi beparvoliklar tanqid qilinadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Jizzax viloyat bo‘linmasi boshlig‘i Alijan Xalxujayev yuqoridagi tanqidiy maqola yuzasidan viloyat SEOM mutaxassisi Mamarayim Ermanov bilan birgalikda, “Adxam-Farm” XK, “Shahrizoda Med” XK, “Yusufbek-Oybek” XK, “Ayubxon invest” MCHJ, “Muzaffar Hojiakbar” XK va "Zomin Farm servis" XKga qarashli dorixonalar tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni o‘rganishdi.

Tadbir davomida, dorixona mudirlari, xodimlar hamda isteʼmolchlarga Respublika maxsus komissiyasining 13 apreldagi 18 bayonida ko‘rsatilgandek, dorixonalarda fuqarolarni ijtimoiy masofa, yaʼni 2 metr masofada bo‘lishlari taʼminlanishi shartligi, agar bunga rioya etilmasa, dorixona mudiri va isteʼmolchilar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi xaqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishda har bir fuqoro masʼulligi, “qizil” va “sariq” hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish shartligi, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi kerakligi aytib o‘tildi.

Farmatevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida
Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.
Telefon: (998 71) 203-81-81
Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech