O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati boshlig‘i tayinlandi

Urazov Jamil Baxramovich Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda o‘tkazilgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun: Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech