O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘i mutaxassilari “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti” talablari bo‘yicha bilimlarini oshirdilar

Shu kunlarda poytaxtimizda “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti-GDP” talablari mavzusida uch kunlik onlayn treninglar bo‘lib o‘tdi. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining “Dori vositalari sifatini takomillashtirish plyus” loyihasi doirasida o‘tkazilgan treninglarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, uning tarkibiy bo‘linmalari hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat markazi mutaxassilari ishtirok etdi. Unda mutaxassislar “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti-GDP” talablariga muvofiq faoliyat yuritish tartibini o‘rgandilar.

Aytish joiz, treninglar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 10 aprelda imzolangan “2019 — 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF-5707-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2019  yil  18  sentyabrdagi “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 788-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech