O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston va Xitoy: Farmatsevtika sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojantirish agentligi mutaxassislari “O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari” mavzusida onlayn davra suhbati shaklidagi forumda ishtirok etishdi.

Xitoy Xalq Respublikasining farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Xitoy farmatsevtika bozorini o‘rganish va mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda Xitoy tomonidan ushbu davlat tijorat vazirligining Yevroosiyo departamenti direktori o‘rinbosari Yan Syumin, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi savdo maslahatchisi Szin Yuulon, Dori vositalari va tibbiy mahsulotlarini import va eksport qilish bo‘yicha Xitoy savdo palatasi raisining o‘rinbosari Van Maotsunlar qatnashdilar.

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi vakili, elchi maslaxatchisi Nuriddin Ubaydullayev, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori o‘rinbosari Oybek Elmuratov ishtirokida o‘tgan forumda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Jamshid Eshmuradov so‘ngi yillarda yurtimizda farmatsevtika sohasida va xalqaro aloqalarni rivojlantirish sohasida olib borilgan ishlar haqida maʼlumot bergan bo‘lsa, “Tashkent Pharma Park” direksiyasi direktori Sanjar Babajanov klaster faoliyati, xususan klaster tomonidan tashkil etilgan investitsion loyihalar takliflari to‘g‘risida maʼruza qildi.

Davra suxbati yakunida tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech