O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi rahbariyatining Citi Pharma (Pokiston) vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov rahbarligida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi  masʼul xodimlari bilan birgalikda Siti Pharma kompaniyasi Siti Group raisi - Nadeem Amjad, kompaniya bosh direktori Rizvan Sheikh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy  maqsad - ikki davlat Farmatsevtika sohasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish va ularning istiqbollarini muhokama qilish.  Siti Pharma Limited-bu inson salomatligi uchun faol farmatsevtika ingrediyentlar va bir qator djeneriklarni ishlab chiqaradigan, sotadigan va tarqatadigan Pokiston Farmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi.

Ushbu kompaniyaning vazifasi dunyo aholisini arzon narxlarda yuqori sifatli Farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash imkoniyatlarini izlash orqali aholi salomatligi darajasini oshirishdan iboratligi taʼkidlandi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, Siti Pharma kompaniyasi Siti Group raisi - Nadeem Amjad qabul uchun Jamshid Eshmuradovga minnatdorchilik bildirib,  O‘zbekistondagi qulay investitsiyaviy muhit sharoitlar yaratilganligini taʼkidladi va kompaniya kelajakda O‘zbekiston bozoriga kirish istagini bildirdi hamda ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini kompaniya taʼsischilari bilan muhokama qilib, natijalari bo‘yicha javob berishlari taʼkidlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech