O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi USAID agentligi bilan birgalikda Osiyo farmatsevtika ta’minot zanjirini diversifikatsiya qilish loyihasini (DAPSC) amalga oshirmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida USAID (AQSh) agentligi bilan O‘zbekistonda import qilinadigan mahsulotlarga bo‘lgan talabni kamaytirishga qaratilgan Osiyo farmatsevtika ta’minot zanjirini diversifikatsiya qilish (DAPSC) loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

DAPSC - bu O‘zbekiston hukumatining farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan USAID yangi loyihasidir. DAPSC USAIDning "dori sifatini oshirish Plus" (PQM+) dasturi texnik ko‘magida amalga oshiriladi. DAPSCning ikkita maqsadi bor:

1-maqsad: quyidagilarda:

1) raqobatbardosh ishlab chiqarishda;

2) xaridlarda;

3) boshqaruv va tartibga solish tizimlarida;

4) texnologiyalarni rivojlantirishda

5) kafolatlangan sifatli tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishchi kuchida mahalliy potensialni mustahkamlash.

Ushbu maqsad quyidagilarga:

* Sifatli, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun raqobatbardosh ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish;

* Sifati kafolatli afzal manbalardan xaridlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash.

* Boshqaruvni kuchaytirish va tartibga solish tizimini optimallashtirish;

* Istiqbolli texnologiyalarni tadqiq qilish va ishlab chiqish;

* Kelajakdagi mehnat bozori uchun ishchi kuchini rivojlantirishga potensial hissa qo‘shadi.

2 Maqsad: investitsiyalarni jalb qilish uchun mahalliy farmatsevtika sanoatining ishbilarmonlik tayyorgarligi va tijorat hayotiyligini oshirish.

Ushbu maqsad:

* Mahalliy farmatsevtika kompaniyalarining investorlar uchun jozibadorligini oshirishga ko‘maklashishga;

* Sanoat uchun davlat tomonidan moliyalashtirishni rag‘batlantirishni rivojlantirishga ko‘maklashishga potensial hissa qo‘shadi

Loyihani joriy yilning dekabr oyi oxirigacha davom ettirish rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech