O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Фармацевтлар малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш маркази фаолият бошлади

Yurtimizda yana bir, mutlaqo yangi o‘qitish tizimiga ega bo‘lgan, farmatsevtika tarmog‘i real sektorlari extiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan xususiy taʼlim muassasasi – Farmatsevtika taʼlim-tadqiqot instituti (FTTI) o‘z faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 4 noyabr sanasida mazkur institut qoshida Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyat boshladi. Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlim va ilm-fani tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 6-may PQ-4310 qarorida belgilangan vazifalar hamda farmatsevtika sohasida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatilishini yana-da rivojlantirish, aholi salomatligining muxofaza qilishning dolzarb muammolari yechimi bo‘yicha taʼlim va tadqiqot ishlari uyg‘unligini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziga № 015112 raqam bilan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat uchun tasdiqnoma berilganligini maʼlum qilamiz.

Farmatsevtika taʼlim-tadqiqot instituti (FTTI) ushbu markazda malakasini oshirish va qayta tayyorlash istagini bildirgan barcha farmatsevtlarni taklif etadi.

Murojaat uchun telefon: +998 97 137 00 50 +998 97 138 00 50

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech