O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlik “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”da eʼtirof etildi

Xabaringiz bor, joriy yil davomida O‘zbekiston Respublikasining barcha mintaqalarida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yarmarkalarda yurtimizdagi turli hil sohalarda faoliyat yuritayotgan tarmoqlar va ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari qatorida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham o‘z ko‘rgazma stendi bilan faol ishtirok etib, mahaliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda Sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassalari bilan qator shartnomalar imzolashga erishdi.

2022 yilning yakunlari bo‘yicha 14-18 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz AJ” milliy ko‘rgazma kompleksi hududida bo‘lib o‘tgan “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” 40 dan ortiq farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 642 turdagi mahsulotlari bilan faol ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joiz, mazkur yarmarkaga respublikamizning turli hudularidan 132 tibbiyot muassasalari vakillari tashrif buyurib, ular tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan cooperation.uz elektron kooperatsiya portalida 2022 yil uchun jami 10 mlrd. so‘mlik 315 shartnomalar imzolandi hamda bir qator memorandumlar tuzildi.

“Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” doirasida ishtirok etgan “O‘zbekneftegaz” AJ, O‘ztransgaz" AJ, "Olmaliq kon metallurgiya kombinat" AJ, "Navoiy kon metallurgiya kombinat" AJ, "O‘zbekiston temir yullari" AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi va boshqa 20 dan ortiq vazirlik, tarmoqlar va uyushmalar o‘rtasida, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Eng yaxshi stend bilan ishtirok etgan tarmoq korxonasi” nominatsiyasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Maʼlumot uchun сooperation.uz elektron kooperatsiya portalida 2022 yil dekabr oyi holatiga ko‘ra mahaliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxonalar, davolash profilaktika muassasalari hamda korporativ buyurtmachilar bilan 46 mlrd. so‘mlik 3600 ta shartnoma imzolangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech