O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

FARMREYD

⚡️ Yirik miqdordagi tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tezkor tadbir davomida, poytaxtimizdagi avtoturargohlarning birida fuqaro O‘.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtoulovdagi 2 dona qutida umumiy qiymati 242 425 000 so‘mlik 2800 dona tibbiyot jarrohlik buyumlari va 7150 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Tadbir davom ettirilib, fuqaro O‘.A. ko‘rsatmasiga asosan, ushbu dori vositalarining egasi fuqaro A.B. ning yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonning kirish qismidagi yo‘lakda umumiy qiymati 146 975 000 so‘mlik, 2566 dona dori vositalari, 500 dona tibbiyot jarrohlik buyumlari borligi aniqlandi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 389 400 000 so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan hamda hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

⚡️ Yashash xonadonida yashirincha parvarishlanayotgan “kannabis”lar fosh bo‘ldi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida fuqaro T.M.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida va xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu shaxsning xonadoni bog‘ida 2 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi parvarishlab kelinayotganligi, uyida esa giyohvand moddalar isteʼmol qilishda foydalanilgan 1 dona 0,5 litrlik yelim idish borligi maʼlum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

⚡️ Yana bir holatda mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro V.B.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida, fuqaro V.B. tomonidan hovlidagi tok tagida 2 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi yashirincha ekilib, parvarishlab kelinayotganligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida

Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.

Telefon:  (998 71) 203-81-81

Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech