O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmreyd: 596,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Z.R. noqonuniy tarzda umumiy qiymati 27 mln. so‘mlik jami 200 quti “Samyun Wan” hamda “V7” nomli dori vositalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy savdosi to‘xtatib qolindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti hamda viloyat Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahri, Spitamen shox ko‘chasidagi avtoturargohda fuqaro A.B. tomonidan 2 nomdagi nomli jami 100 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, fuqaro A.B. o‘z ixtiyori bilan avtomobilining yukxonasidan jami 78 quti dori vositalarini o‘z ixtiyori bilan topshirdi.

Natijada mazkur holatda jami 18,2 million so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

596,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida, poytaxtimizdagi avtoturargohlardan birida fuqaro S.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Epika” rusumli avtotransport vositasiga joylangan, umumiy qiymati 596,4 million so‘mlik jami 3976 dona “Mifepristone 200 mg” nomli dori vositalarini shartli haridorga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech