O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmreyd: Dasturxonga yashirilgan 235 million so‘mlik dorilar fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro I.D. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli yengil avtomashina kuzatuvga olindi. Shundan so‘ng, Quva hududida ushbu avtomashina to‘xtaganida, fuqaro A.X. qo‘lidagi dasturxonga o‘ralgan savat bilan avtomashina yoniga borib, avtomashinadan uzatilgan 1 dona qog‘oz qutini dasturxoni orasiga solganida tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida, ushbu savatdagi qog‘oz qutida umumiy qiymati 235,2 million so‘mlik jami 7840 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi 4438-son qaroriga muvofiq kuchli taʼsir etuvchi moddalar muomalasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror asosida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlangan hamda ularning noqonuniy savdo uchun jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech