O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmreyd: Havo filtri ichiga yashirilgan dorilar fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina kabinasining tepasidagi havo filtri ichida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, umumiy qiymati 19,4 million so‘mlik 92 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan, fuqaro A.J. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, avtomashina salonida umumiy qiymati 24,8 million so‘mlik 124 quti dori vositalari yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech