O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun: Loyihaning asosiy maqsadi – Farg‘ona vodiysida iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va qishloq tadbirkorligini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga amaliy va maslahat yordamlarini ko‘rsatish.

Ushbu loyiha doirasida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaxarlari, Andijon viloyatining Marxamat, Jalaquduq va Andijon tumanlari xamda Namangan viloyatinig Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida Hududiy Biznes-inkubatorlar (HBI) tashkil etildi.

HBIlarni tashkil etishdan maqsad:
- Farg‘ona vodiysidagi qishloq tadbirkorlarini iqtisodiyotning yangi tarmoklariga jalb etish;
- Farg‘ona vodiysidagi iqtisodiy salohiyat va ish bilan taʼminlash imkoniyatlari, qishloq tadbirkorlari uchun iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llarini yoritish;
- respublikada qishloq tadbirkorligini keng miqyosda rivojlantirish;
- mahalliy tadbirkorlarga milliy va xalqaro savdo maydonchalariga chiqishda yordam berish;
- yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardagi (agraroziq-ovqat sektori, turizm, to‘qimachilik/kiyim-kechak, kichik ishlab chiqarish) mikrofirma va kichik korxonalarda moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha tadbirkorlarni xabardor qilish.

HBIlar kuyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiriladi:
— «Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish» loyihasi doirasida chora-tadbirlar rejasi va natijalar ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
— Farg‘ona vodiysida imkon qadar ko‘proq qishloq tadbirkorlarini HBIlar tomonidan qamrab olish uchun aholi bilan ishlash;
— O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining mavjud xizmatlarini ko‘rib chiqish va salohiyatli tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida mavjud xizmatlar ro‘yhatini kengaytirish;
— Farg‘ona vodiysida yoshlar va ayollar bandligini taʼminlashga yo‘naltirilgan korxonalarga maxsus ko‘mak berish;
— kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatining maʼmuriy, maslahat (konsalting) va uslubiy jihatdan taʼminlashga ko‘maklashish;
— HBI rezidentlari uchun, jumladan, davlat ko‘magi vositalari yordamida moliyalashtirish olishda talabnomalar tayyorlashda ko‘maklashish;
— HBI rezidentlari uchun axborot va ekspertlar resurslari ochiqligini taʼminlash;
— muvaffaqiyatli korxonalarda stajirovkalar, turli mavzularda treninglar, tajriba almashish uchun forumlar tashkil etish;
— kichik biznes subyektlari uchun mutaxassislar tanlab olish va jamoa shakllantirishda yordam berish;
— HBIlarda kichik biznesning rivojlanishi haqida maʼlumotlar axborot-tahliliy bazasini ishlab chiqish;
— tovarlar va xizmatlar potensial bozorlariga kelgusida kirish uchun HBI rezidentlarining biznes-loyihalarini tezlashtirishda ko‘maklashish;
— biznes-ko‘rgazmalar va forumlarga ishtirok etish uchun tadbirkorlarni jalb qilish;
— O‘zbekiston hududi va xorijiy mamlakatlarda sotuvchi bilan xaridor uchrashuvini tashkil qilishda ko‘maklashish;
— biznesni tashkil qilish va korxonalarni boshqarish masalalari bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish va bosib chiqarish;
— davlat dasturlari doirasida mablag‘lar olgan tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Shubhasiz, mazkur loyihaning ishga tushirilishi Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini yana-da rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech