O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bilasizmi: Galen dori vositalari deyilganda nima tushuniladi? Galen dori vositalarining asosiy guruhlari nimalardan iborat?

Galen dori vositalari (Praeparata galenica, s, GalenicaB – o‘simliklar (ildizi, bargi, guli, po‘stlog‘i va boshqalar), minerallar va hayvonlar xomashyosini qayta ishlab olinadigan dorilar hisoblanadi.

Mazkur dori vositalari qadimgi Rim shifokori Klavdiy Galen nomi bilan yuritiladi. Faqat Galen davrida emas, balki hozir ham turli farmatsevtik usullar bilan tayyorlangan har xil dorilar galen dori vositalari deb ataladi.

Ko‘pchilik galen dori vositalari xomashyodan, uni suv, spirt, efir yoki spirt bilan suv, efir bilan spirt aralashmalari vositasida ekstraksiya qilib olinadi. Boshqalari esa, odatda, biror dorivor moddaning suv, spirt yoki yog‘dagi eritmasidan iboratdir.

Galen dori vositalarining asosiy guruhlari:

➖ ekstraktlar,
➖ nastoykalar,
➖ xushbo‘y suv va spirtlar,
➖ sharbatlar,
➖ eritmalar,
➖ sovunli spirtlar,
➖ sovun-krezolli dori vositalar va h. k.

Zamonaviy shifobaxsh dori vositalar (pepsin, tireoidin, aloy, iora smorodina ekstraktlari, allilsat va boshqalar) shu siraga kiradi.

Neogalen (novogalen) vositalar o‘simlik xomashyosidan tayyorlanib, ballast moddalardan mumkin qadar tozalangan va biologik jihatdan standartlangan alohida galen dori vositalaridir. Bularni inyeksiya (masalan, teri ostiga yuborish) uchun ishlatsa bo‘ladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech