O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida qonun imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat organlari va muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari quyidagilardan iborat:

➖ tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;

➖ Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining sud-ekspertiza muassasalari.

➖ Ichki ishlar vazirligi genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

● birinchi bosqichda biologik materialni olish amalga oshiriladi;

● ikkinchi bosqichda biologik materialdan genomga oid axborot olinadi;

● uchinchi bosqichda genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish ixtiyoriy (pulli asosda) va majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olish tarzida amalga oshiriladi.

Qonun 2023 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech