O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Gʻoyaviy hurujlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari yuzasidan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2022 yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga binoan navbatdagi maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent shahar Yunusobod jome masjidi imom-xatibi Talʼatjon domla Maksud o‘g‘li taklif qilingan mazkur tadbir aynan internet orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan g‘oyaviy hurujlarga nisbatan agentlik xodimlarining mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirni ochib bergan direktor maslahatchisi Muhabbat Ibragimova globalizatsiya jarayoni jadallashgan bugungi davrda ogoh bo‘lish, internet bois son-sanoqsiz axborot kanallari orqali kelayotgan informatsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirib ketavermasdan, uning haqqoniyligini ajrata bilish uchun yetarli bilimga ega bo‘lish o‘ta muhimligi haqida so‘z yuritdi.

Maʼruzachi Talʼatjon domla, ayniqsa diniy maʼlumotlarni olishda manbasiga katta eʼtibor qaratish, buning uchun faqat “.uz” domenidagi rasmiy saytlarga murojaat qilish kerakligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida Agentlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi”da ham Din ishlari qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdug‘affor Qayumov ishtirokida shu mavzuda tadbir o‘tkazildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech