O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“GRAND MEDICAL PHARM" masʼuliyati cheklangan jamiyat litsenziyasining amal qilish muddati tugatildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Namangan viloyatida joylashgan “GRAND MEDICAL PHARM" MCHJda aniqlangan litsenziya talab va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzilish holatlari bo‘yicha unga tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun berilgan 2019 yil 29 oktyabrdagi 15470 raqamli litsenziyaning amal qilishini tugatishni so‘rab Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo ariza sudning 2021 yil 2 iyun kuni 4-1601-2103/1399 sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “GRAND MEDICAL PHARM" MCHJga farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Shu bilan birga, Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi farmatsevtik litsenziatlarni ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish respublikaga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech