O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xalqaro standartlar laboratoriya amaliyotiga joriy etilmoqda

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi AQSH Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID)ning “Dori vositalari sifatini takomillashtirish plyus” (PQM+) loyihasi doirasida texnik yordam ko‘rsatish borasida keng hamkorlik olib bormoqda.

Shuning doirasida, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Sinov markazi hamda “Andijon dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” shoʻba korxonasi sinov laboratoriyalarining sifat menejmenti tizimini takomillashtirish, JSSTning prekvalifitsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish maqsadida 2020 yilning 16-19 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Mahsulot va xizmatlar sifatini va xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertizasi milliy markazi” mutaxassislari bilan birgalikda “Yaxshi laboratoriya amaliyoti” (GLP) mavzusida onlayn trening o‘tkazildi.

4 kun davom etgan treninglarda 125 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etib, trening yakunida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari Qozog‘istonlik hamkasblari va xalqaro ekspertlar o‘rtasida mavzuga oid muhokamalar va savol-javoblar o‘tkazildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech