O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xayriya aksiyasiga o‘z hissasini qo‘shgan mahalliy tadbirkorlar e‘tirof etildi

Joriy yilning sinovli kunlarida yurtimizda bo‘lib o‘tgan tabiiy ofatlar va Sardoba falokati hammani yana bir karra mehr-oqibat sari chorladi.

Jabr ko‘rganlarga ijtimoiy ko‘maklashish uchun nafaqat yurtimizning bag‘rikeng insonlari, tadbirkorlari, balki boshqa davlatlar ham insonparvarlik yordamlari ko‘rsatdi.

Joriy yilning 4 may sanasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan "Jurabek laboratories", "Med protect technology", "Uzgermed pharm", "Quality pharm", “Radiks”, "Nobel pharm" va Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan “Biz siz bilan birgamiz” aksiyasi doirasida, kundalik hayotda ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot niqoblari "Saxovat karvoni"da yetkazib berildi.

Yon qo‘shni va azaliy birodar tojik xalqiga ham koronavirus tufayli, do‘stona yordam berish maqsadida, birinchi navbatda ehtiyoj seziladigan tibbiy buyum va vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan tarkib topgan ko‘magi yuborildi.

Shu saxovatli ishda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan bir musht bo‘lib xayriya aksiyasiga bosh qo‘shgan kompaniya va ishlab chiqarish korxonalariga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Video

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida

Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.

Telefon:  (998 71) 203-81-81

Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech