O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Himoya niqobini doimiy taqish pnevmoniyaga sabab bo‘ladimi? Mutaxassis izohi

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan himoya niqobi doimiy taqib yurilganda kislorod organizmga 30 foiz o‘tishi natijasida pnevmoniya yuzaga kelishi haqidagi mish-mishlarga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Odilova izoh berdi.

«Niqob taqish orqali hech qanday o‘pka qurishi yuzaga kelmaydi. Masalan, biz aytishimiz mumkin, jarrohlarimiz kuniga 6-8 soatlab operatsiyalarni amalga oshirishadi. Niqoblarda xonalarida amalga oshirishadi va ular eng sog‘lom odamlar hisoblanishadi», — deydi mutaxassis.

Shuningdek, Odilova niqob taqishning gigiyenik qoidalari borligi, unga ko‘ra, bir martalik niqob o‘z nomi bilan bir martalik bo‘lishi va uni tez-tez, kuniga kamida 4 mahal almashtirib turish kerakligini yodga solgan. Niqob asosan ko‘chada, jamoat joylarida taqilishi, uyda yoki avtomobilda, ishxonadagi xonada yolg‘iz bo‘lganda niqob taqishga hojat yo‘qligi taʼkidlandi. Ammo bemor odam har qanday sharoitda ham o‘zining yotgan xonasida ham niqob taqishi zarur bo‘ladi. Chunki kasallik havo tomchi yo‘llari orqali oilaning boshqa aʼzolariga ham yuqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus yo‘qligini bildirgan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, «doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi» mazmunidagi gap-so‘zlar asossizligi, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoqpiyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirilgan edi.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech