O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi dorilarni yetkazib berdi

Hindiston poytaxtidan Toshkentga «Uzbekistan Airways» AJ aviakompaniyasi samolyotida insonparvarlik yuki yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Insonparvarlik yordami tibbiy vositalarni, jumladan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali hisoblangan 7 millionga yaqin tabletkalarni o‘z ichiga oldi.

O‘zbekistonga  dori-darmonlarning bepul taqdim etilishi O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatning Kimyoviy mahsulotlar va o‘g‘itlar vazirligi qoshidagi Farmatsevtika sanoati departamenti bilan birgalikda ishlab chiqildi. Umumiy og‘irligi 5 tonnadan ortiq yuk O‘zbekistonning tegishli idoralariga topshirildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Hindiston dunyoda farmatsevtika sohasi eng rivojlangan davlatlardan hisoblanadi. Ko‘plab dorilar va ularning xomashyolari aynan Hindistonda tayyorlanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech