O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xitoyda 20 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash tizimi va chegara xizmati xodimlari COVID-19ga qarshi emlandi

Xitoy hukumati koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan baʼzi kasblar egalarini emlashni maʼqulladi. Iyul oyi oxirlarida birinchilardan bo‘lib sog‘liqni saqlash tizimi va chegara xizmati xodimlarini  emlash ishlari boshlandi. Kelajakda emlashni xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarida davom ettirish rejalashtirilmoqda. Hozirga qadar 20 mingga yaqin odam emlandi, South China Morning Post xabariga tayanib yozmoqda pharmvestnik.ru sayti.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining Fan va texnologiyalarni rivojlantirish markazi direktori Chjen Chjun Veyning so‘zlariga ko‘ra, hukumat vaksinadan favqulodda foydalanishga shu yilning 22 iyulida ruxsat bergan. Uning aytishicha, COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olish xavfi aynan tibbiyot xodimlarida yuqoridir. Shuningdek, hozirgi kunda kasallanishning aksariyati xorijdan kirib kelmoqda, shuning uchun chegara xizmati xodimlari ham xavf ostida. Kelajakda transport tizimi, xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari va oziq-ovqat bozoridagi ishchilar ham emlanadilar.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida yakuniy klinik sinovlari o‘tkazilayotgan yetti vaksinadan to‘rttasi xitoylik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Davlatga qarashli China National Biotec Group Limited (CNBG) kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarida nomzod vaksinalardan birining yakuniy uchinchi bosqich klinik sinovlarini o‘tkazish uchun regulyator organlardan  ruxsat oldi. Bundan tashqari, Bahrayn, Peru, Marokash va Argentina bilan uchinchi yakuniy bosqichni o‘tkazishga kelishib olindi. Kompaniya Marokash va Peruda ikkita vaksinani sinovdan o‘tkazadi.

Vaksinalarning uchinchi bosqich klinik sinovlarini xorijda olib borayotgan Xitoy kompaniyalari sirasiga Sinovac va CanSino Biologics kiradi. 2020 yil iyun oxirida CanSino kompaniyasi vaksinasi harbiylar orasida foydalanish uchun tasdiqlan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech