O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hozirda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi firmalar hisobvaraq-fakturani xar hil shaklda berishmoqda. Qaysi biri to‘g‘ri?

O‘zbekiston Respublikasi (30.12.2019 yangi tahrirdagi) Soliq kodeksining 47-moddasiga muvofiq:

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.

Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chog‘ida, agar sotuvchi xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bersa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanilmaydi.

Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o‘zgarganda, shu jumladan yetkazib berilgan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar narxi o‘zgargan yoxud miqdori (hajmi) aniqlashtirilgan hollarda, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.

Ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq hisobga turishi lozim bo‘lgan chet el yuridik shaxslari hisobvaraq-fakturalarni taqdim etmaydi, sotib olish reyestrlarini, sotish reyestrlarini, hisobga olish jurnallarini hamda ushbu Kodeks 282-moddasida ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish qismi bo‘yicha qabul qilingan va berilgan hisobvaraq-fakturalarni yuritmaydi.

Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, jamoatchilik, jumladan ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini samaradorligini oshirish maqsadida Agentlik tomonidan maxsus @uzpharmagency_bot ishlab chiqilgan bo‘lib, savollaringizni mazkur botga yo‘llashingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech