O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hurmatli jurnalistlar, blogerlar! Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sizni Toshkent viloyatidagi "Uzgermed Pharm" va "Zamona Ra‘no" kompaniyasi faoliyati hamda “Parkent-farm” EIZda amalga oshiralayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 4 iyun kuni uyushtiriladigan press-turga taklif qiladi.

Press-tur ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan transport “Paxtakor” metrosi oldidan 2021 yil 4 iyun kuni soat 9.30 da yo‘lga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, "Uzgermed Pharm" kompaniyasi koronavirus pandemiyasi davrida qatʼiylik va fidoyilik ko‘rsatgan ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar orasida o‘tkazilgan Agentlik tanlovi g‘olibi hisoblanadi.

Murojaat uchun - (71) 234-58-50
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech