O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hurmatli Toshkent shahar farmatsevtika korxonalari rahbarlari va poytaxtimiz mehmonlari diqqatiga!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvradagi PF-55-son farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, jumladan farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlarni (GxP) joriy etish maqsadida 2022 yil 28 aprelda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Zarur amaliyotlari markazi“ DUK va “VIALEK” kompaniyasining GDP/GMP/GPP bo‘yicha xorijiy ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etiladi.

Marafonda barcha ishtirokchilar "Zarur distribyuterlik (GDP) amaliyotini tatbiq etishning dolzarb masalalari" mavzusida qiziqtirgan savollariga javob olishlari kutilmoqda.

Tadbir farmatsevtika mahsulotlarini  ulgurji  realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar birinchi rahbarlari va GDP masalalari bilan shug‘ulanuvchi barcha mutaxassislari uchun tavsiya etiladi.

Marafonimizga - Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etilishi bo‘yicha maʼsul mutaxasislarini taklif qilinishi ham nazarda tutilgan. 

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari turli yo‘nalishlardagi zarur amaliyotlarni (GxP) joriy etish va sertifikatsiyalash, hamda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashtirish bilan bog‘liq savollariga javob olishlari mumkin.

Tadbir mehmonimiz - Aleksandr V. Aleksandrov, GK VIALEK kompaniyalari rahbari, farmatsevtika sifat tizimlari bo‘yicha xalqaro ekspert/konsultant, AQSH Farmakopeyasi (USP) akkreditatsiyalangan konsultanti,  EOQ (Yevropeyskaya Organizatsiiya Kachestva)  yetakchi auditori, ISPE, PDA, IEST halqaro farmatsevtika tashkilotlari aʼzosi.

Marafonda ishtirok etish bepul. Faqat, ishtirokchi sertifikatini rasmiylashtirish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Tadbirda qatnashish uchun quyidagi sayt  www.vialek.uz  yoki  telefon/telegramm (+99893 6571706) raqami bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishingiz  mumkin.

Manzil: Amir Temur hiyoboni, Le Grande Plaza mehmonxonasi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech