O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ibn Sino asosiy dorilarga chalg‘ituvchi vositalar qo‘shgan va shu bilan u yangi boshqacha taʼsir ko‘rsatuvchi murakkab dori yaratgan

O‘zining shifokorlik faoliyatida Ibn Sino dorivor vositalarni to‘g‘ri kasal aʼzoga (nishon aʼzoga) yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Buning uchun u o‘zining murakkab dorilariga boshqa oddiy dorilarni qo‘shib, kerakli dorini organizm ichkarisiga o‘tkazish usulidan foydalangan.

Bu to‘g‘risida Ibn Sino shunday yozgan: “Baʼzan dorilar boshqa dorilarni o‘tkazish va yetaklash maqsadida qo‘shiladi. Masalan, qizilgul, kofur va (dengiz) marjonining (taʼsirini) yurakka yetkazish uchun ularga zaʼfaron ko‘shiladi” (“Tib qonunlari” II kitob, 39-bet)

“Goho biz dori o‘tish yo‘llarida juda darajada taʼsir ko‘rsatish uchun, uning biroz ushlanib turishini istaymiz, biroq dori singib o‘tadigan bo‘ladi, shunda uni tutib turuvchi (dori) bilan aralashtiramiz. Masalan, (tiqilmalarni) ochuvchi dorilarning ko‘pi jigardan tez o‘tib ketadigan bo‘ladi, ko‘pincha esa ularning jigarda ushlanib turishlari juda zarur bo‘ladi, shunday hollarda jigarni qarshi tomoniga itaruvchi dorilar bilan aralashtiramiz: masalan, turp urug‘i dorini meʼda og‘zi tomon itaradi, natijada dorining foydasi jigarga o‘tganiga qadar u go‘yo taraddudlanib (to‘xtatib turadi), so‘ngra o‘tib ketadi. (“Tib konunlari” 11-bet)

Demak, dorilar kerakli aʼzolarni maʼlum joylardan sekin o‘tish yoki ehtimoli biroz to‘xtab turishi uchun asosiy dorilarga Ibn Sino chalg‘ituvchi vositalar qo‘shgan va shu bilan u yangi boshqacha taʼsir ko‘rsatuvchi murakkab dori yaratgan.

Manba: “Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar”
III Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech