O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ibn Sino: “Uzish vaqtini to‘g‘ri tanlab olingan dori kuchli bo‘ladi”

Butun dunyo tibbiyot va farmatsiyasi taraqqiyotiga Ibn Sino o‘zining g‘oyat katta taʼsirini o‘tkazgani sir emas. Ibn Sino davrida farmatsiya mustaqil fan sifatida ajralmagan edi. Ibn Sino o‘zining farmatsevtika masalalariga oid fikrlarini buyuk asari bo‘lmish “Tib qonunlari”ning ayrim kitoblarida bayon etgan. Ulug‘ hakim dorivor o‘simlik mahsulotlarini sifatli bo‘lishi ularni o‘z vaqtida yig‘ishdan boshlanishini yaxshi bilgan.

Ibn Sino tavsiyalari:
• Yaproqlar. Hajmlari to‘lib yetilganida, ranglari o‘zgarmagan va so‘limagan holda va to‘kilib sochilmaslaridan burun terib olinishi kerak;
• Gullar. To‘liq ochilib, so‘lishlaridan va to‘kilishlaridan ilgari olinishlari kerak;
• Mevalar. Tamom yetilib, to‘kiladigan bo‘lishidan ilgari uzilishlari kerak;
• Urug‘lar. Tanalari mustahkam bo‘lib pishib yetilganida olinishlari kerak;
• Ildizlar. Ular o‘simlikning yaproqlari to‘kilishiga yaqinlashganlarida olinishlari kerak;
• O‘simlikni butunicha olinishga kelsak, uni urug‘i yetilishi oldidan va o‘zining ho‘lligi yo‘qolmasdan burun olinishi kerak.

Ko‘rsatilgan muddatlar Ibn Sino tomonidan o‘zining katta tajribasidan va kuzatishlaridan kelib chiqqan holda tavsiya qilingan. Hozirgi zamon farmakognoziyasida esa bu muddatlarni biologik faol moddalarning aynan yetilgan vaqti deb taʼkidlashadi.

Manba: “Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar”
III Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech