O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

III ‒ XALQARO FARMATSЕVTIKA FORUMI

III  XALQARO FARMATSЕVTIKA FORUMI

Toshkent shahrida, Respublika farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish hamda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan “Uchinchi Xalqaro Farmatsevtika Forumi”ning birinchi kuniga start berildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan forumda Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Belarussiya va boshqa davlatlarning nufuzli farmatsevtika kompaniyalarining vakillari ishtirok etishmoqda. Forum davomida plenar majlislar, sessiyalar, davra suhbatlari, shuningdek, B2B va V2G formatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech