O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

INNO texnoparkida Shanxay hamkorlik tashkiloti Sanoat innovatsion ko‘rgazmasi o‘tkazildi

2022 yil 16 avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida SHHT Sanoat innovatsion ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazma 16-17 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Raislik qilishi doirasida Toshkent shahrida II-Iqtisodiy forum tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham o‘z ko‘rgazma stendi bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazma davomida 20 dan ortiq korxonalar tomonidan yaratilgan 200 dan oshiq innovatsion mahsulotlar va ilmiy ishlanmalar namoyish etildi. Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad SHHTga aʼzo va kuzatuvchi davlatlari vazirlari va tashkilot rahbarlarini O‘zbekistondagi mavjud innovatsion ekotizim va sanoat sohasidagi innovatsiyalar bilan yaqindan tanishtirishdir.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar O‘zbekistondagi innovatsion rivojlanish bilan bog‘liq islohotlar bilan tanishtirildi. Bu sohada hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarida fikrlar almashildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech