O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 maydigi PF-6221-son Farmoniga muvofiq, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (keyingi o‘rinlarda – Palata) 2021 yil 1 iyuldan unga Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish respublika markazini qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etiladi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

☑️ Palata Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish respublika markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

☑️ Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish respublika markazining mablag‘lari, mulki, shu jumladan, bino va inshootlari, avtotransport vositalari, uskuna, texnika va inventarlari Palataga o‘tkaziladi;

☑️ Palata rahbariga, zarur hollarda, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilish huquqi beriladi;

☑️ Palata va uning hududiy bo‘linmalari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlanadigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 110 ta etib belgilanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech