O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Intellektual mulk agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv tashkil qilindi

Joriy yilning 10 may sanasida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining anjumanlar zalida Kontrafakt dori vositalari ishlab chiqarilishining oldini olish yuzasidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Intellektual mulk agentligi mutasaddilari, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassislari hamda 15 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan davra suhbatida ekspertlar o‘z brendiga ega ishlab chiqaruvchilar biznesi himoyalanishi, yurtimiz farmbozorida kontrafakt mahsulotlar aylanmasi cheklanishi hamda isteʼmolchilarga sifatli va ishonchli dori vositalari yetkazib berilishi tarafdori ekanliklarini eʼtirof etishdi. Ular, shuningdek, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarga asosan, o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilgani haqida maʼlumot berishdi.

Uchrashuv yakunida Intellektual mulk agentligi direktori To‘lqin Abdusattorov hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov kontrafakt dori vositalari ishlab chiqarilishining oldini olish va bunday holatlarga qarshi kurashish maqsadida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech