O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Intellektual mulk qonunchiligidagi o‘zgarishlar bo‘yicha Andijon viloyatida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 2 iyun kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli davlat idoralari masʼullari, farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida chora ko‘rish, xorijiy kompaniyalarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yana-da takomillashtirish, kontrafakt mahsulotlarga murosasiz kurashish shuningdek, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan seminar yakunida mazkur sohani va qonunchilikni yana-da takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar tinglanib, berilgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech