O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Intellektual mulk sohasida qabul qilingan Prezident qarori ijrosi yuzasidan seminar bo'lib o'tdi

Joriy yilning 19 may kuni Monopoliyaga karshi kurashish ko‘mitasi binosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojhona ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurishish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼul hodimlari ishtirokida intellektual mulk sohasida qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv mashg‘uloti jarayonida Intellektual mulk agentligi mutaxassilari tomonidan 2022 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son qarori ijrosi bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

Ishtirok etgan masʼul hodimlar tomonidan savollarga atroflicha javob berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech