O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Interpol koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalar chiqayotganidan ogohlantirdi

Interpol butun dunyoda uyushgan jinoyatchilik xavfi tug‘ilayotganidan havotirlanmoqda. Taʼkidlanishicha, katta kuchga ega uyushgan guruhlar qalbaki jahonga koronavirusga qarshi vaksinalarni tarqatishni yoki almashtirish yo‘li bilan haqiqiysini o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib “Darakchi.uz” xabar berdi.

"Shu sababli huquqni muhofaza qilish organlari har xil kriminal holatlarga imkon qadar sinchkov va ehtiyotkor bo‘lishlari kerak", – dedi Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok.

Mazkur xavfni inobatga olib, Interpol 194 ta aʼzo mamlakatga ogohlantirish maktubini yubordi.

Shu o‘rinda Shtokning eslatib o‘tishicha, jinoyatchi guruhlar qalbaki vaksina va preparatlar haqida yolg‘on rneklamalar bilan internetdagi saytlar orqali ham odamlarning ongiga taʼsir o‘tkazishi, fuqarolarga soxta dorilarni tavsiya qilishi ham mumkin. Bu esa butun dunyo ahli salomatligini jiddiy xavf ostiga qo‘yadi.

Shu bilan birga uyushgan guruhlar koronavirusni aniqlaydigan  qalbaki testlarni ham tarqatishga harakat qilishmoqda. Masʼul tashkilotning ogohlantirishicha, ro‘yxatga olingan 3 mingta saytdan 1,7 mingtasi noqonuniy tibbiyot mahsulotlarini tarqatish bilan shug‘ullanmoqda.

Maʼlumot uchun, xaridorlar qalbaki dori vositasini qanday aniqlashlari va dori vositasini xarid qilishda nimalarga eʼtibor berishlari kerakligi haqida bu yerda maʼlumot olishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech