O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.

2023-yil 28-noyabrdagi Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh hududlardagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan birma-bir uchrashmoqdalar. Agentlik direktori Abdulla Azizov Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlarida bo‘lib, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.. Infrastruktura, markirovka, eksportni oshirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish, mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda bo‘lgan muammolar kabi masalalarda suhbatlashildi. Bundan tashqari viloyat hokimliklarida mas’ul xodimlar ishtirokida hududdagi xususiy sektorda faoliyat yurituvchi farmasevtlar bilan uchrashib, dorixonalarda farmasevtika xizmati sifatini oshirish yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazildi. Dorixonalar faoliyatiga sifat tizimini joriy etish yaxshi dorixona amaliyoti GPP Milliy Davlat standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yig‘ilishda ushbu Milliy standart talablariga muvofiqlik sertifikatlarni olish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan tushuntirish berildi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi ham eslatib o‘tildi.
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari dori vositalarining va tibbiy buyumlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi lozimligi yana bir bor takidlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech