O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi COVID-19’ni davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan dori vositalari reklamasida chalg‘ituvchi fikrlardan foydalamaslikni so‘raydi

So‘nggi vaqtlarda aksariyat reklama vositalari, jumladan internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegramm kanallar orqali koronavirus infeksiyasini (COVID-19) davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar va boshqa davolash usullari reklamasi keskin faollashgan bo‘lib, ularda virusli kasalliklar, shu jumladan koronavirus infeksiyasiga қарши taʼsir ko‘rsatuvchi moddalar va xususiyatlar mavjudligi to‘g‘risida isteʼmolchilarni chalg‘ituvchi fikrlardan foydalanilmoqda.

Bunda, reklama axborotidagi maʼlumotlar amaldagi holatga mos kelmasligi isteʼmolchilar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda hamda bunday reklamalar orqali sotib olingan (isteʼmol qilingan) dori vositalari fuqarolarning salomatligiga va moddiy manfaatiga ziyon keltirmoqda.

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. Noaniqligi, ikki xil maʼnoni anglatishi, bo‘rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib yolg‘on) reklama hisoblanib, bunday reklama taqiqlanadi (13-modda).

Eslatib o‘tamiz, Ўзбекистон Respublikasi Monopoliyaga қарши kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish агентлиги o‘z vakolatlari doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish агентлиги koronavirus pandemiyasi davrida reklama beruvchi va tarqatuvchilardan qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik tamoyillariga qatʼiy amal qilishlari, asossiz, hech қандай isbot va dalillarga ega bo‘lmagan axborot tarqatishni hamda dori vositalari va tibbiy xizmatlarga aholining ishonchini yo‘qotishga urinishdan iborat harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari hamda isteʼmolchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq maʼlumotlarni reklama vositalarida tarqatmasliklari so‘raladi.

Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги Матбуот хизмати

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech