O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Italiyada farmatsevtika sohasidagi yirik halqaro tadbirlardan biri - CPHI Worlwide-2021 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilnig 9-11 noyabr kunlari Italiyada farmatsevtika sohasidagi yirik halqaro tadbirlardan biri - CPHI Worlwide-2021 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari ham Italiyaga tashrif buyurib, mazkur ko‘rgazma doirasida SiSo Pharm i Velasco Pharmaceuticals farmatsevtik kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishdi. Shuningdek Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Luidji Iperti va direktorlar kengashi aʼzosi Djiordjio Veronezilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar chog‘i ikki davlat o‘rtasida farmatsevtika va tibbiy texnika sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash borasida kelishuvlarga erishildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech