O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

JAMOATCHILIK KENGASHI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Ayni damda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi JAMOATCHILIK KENGASHI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kengash yig‘ilishi kun tartibi:
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 yanvardagi “Farmasevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-sonli qarori to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi “Farmasevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-20-son Farmoni to‘g‘risida;
2023 yil davomida Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida;
Boshqa masalalar.

Kun tartibiga ko‘plab masalalar qo‘yilgan yig‘ilishda soha mutaxassislari, senator, akademiklar, jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastavval Prezidentning 2024 yil 10 yanvardagi “Farmasevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-sonli qarori hamda 2024 yil 23 yanvardagi “Farmasevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-20-son Farmoni bilan soha oldiga qo‘yilgan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, Farmasevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish; hududlarda farmasevtika sohasini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash; tarmoqdagi mavjud korxonalar muammolarini o‘rganish va past quvvatda faoliyat ko‘rsatayotgan farmasevtika korxonalarini to‘liq quvvatga olib chiqish choralarini ko‘rish; agentlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini takomillashtirish vazifalariga e’tibor qaratildi.

(xohlasez STENDAP): Shuningdek, yig‘ilish davomida «Zarur amaliyotlar markazi» faoliyatini takomillashtirish; bojxona omborlari uchun farmasevtika mahsulotlarini saqlash talablarini kuchaytirish, bunda «Zarur saqlash amaliyoti — GSP» standarti talablariga rioya qilishni bojxona ombori va erkin ombor bo‘yicha lisenziya talablari va shartlariga kiritish; dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda nazoratni amalga oshirish; bu mahsulotlar realizatsiyasida «xavfni tahlil etish» tizimini joriy qilish kabi masalalar alohida tilga olindi.

Agentlik tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilga mo‘ljallangan vazifalar haqida so‘z borar ekan, xususan yil yakuni bilan 4,3 trln so‘mlik farmasevtika mahsulotlari, jumladan, 436 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilgani, 2024 yilda esa bu ko‘rsatkichni 4,6 trln so‘mga yetkazish maqsad qilingani aytib o‘tildi.

Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2024-yildagi ilk yig‘ilishida yana mazkur kengashning yangi tarkibini tasdiqlanib, Jamoatchilik kengashiga rais saylandi.
Sermazmun o‘tgan yig‘ilish soha vakilari va jurnalistlar o‘rtasidagi qizg‘in savol-javoblar bilan yakun topdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech