O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Janubiy Koreyaning "Gangwon technopark" va "Tashkent Pharma Park" o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi "Tashkent Pharma Park" ilmiy-ishlab chiqarish innovatsion klasteri hamda Janubiy Koreyaning "Gangwon technopark" klasteri o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

- Mazmur memorandum tomonlarning axborot almashishini, didjital va bio sog‘liqni saqlash sohasida tadqiqot va davlat manfaatlariga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasida;
- Raqamli sog‘liqni saqlash, raqamli terapiya, immun-antikor terapiyasi, biofarmatsevtikada texnologiyalarni uzatish va bilim almashish borasida;
- sanoatni rivojlantirish va ijtimoiy qiymat yaratish bilan bog‘liq masalalarda hamda har bir partiya tashkiloti aʼzolarining malakasini oshirish uchun kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq masalalarda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech