O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari “TAF” Toshkent reklama festivali o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-son Farmoniga muvofiq, 2019 yildan buyon O‘zbekiston marketing uyushmasi bilan hamkorlikda har yili marketing va reklama sohasidagi anʼanaga aylangan keng ko‘lamli xalqaro tadbirlar, jumladan “ADWEEK” marketing va reklama haftaligi, “MAKON Marketing Forum” va “TAF” Toshkent reklama festivallari o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yana-da oshirish, tadbirkorlik subyektlarining marketing va biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari Toshkent shahrida “TAF” Toshkent reklama festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - respublikada tadbirkorlik va isteʼmol madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobat va noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, reklama va marketing xizmatlari bozori ishtirokchilari uchun sog‘lom raqobat muhitini yaratilishida ko‘maklashishdir.

Hurmatli yurtdoshlar mazkur festivalda ishtirok etish istagingiz bo‘lsa, tadbir haqidagi to‘liq maʼlumotlarni marketing.uz sayti yoki masʼul tashkilotchi (Diyor Mirzaraxmonov tel: (99897) 333-44-45) orqali olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “TAF” Toshkent reklama festivali doirasida innovatsion marketing yarmarkalari, seminarlar, konferensiyalar, reklama, marketing va turistik ko‘rgazmalar, konkurslar tashkil etilib, davlat organlari, yirik kompaniyalar vakillari, yoshlar va tadbirkorlardan iborat ishtirokchilar, shu jumladan xorijiy davlatlardan ekspert va maʼruzachilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech