O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Joriy yilning 8 fevral kuni agentlikda navbatdagi seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida tashkil etilgan mazkur tadbir dori vositalarini saqlash va ulgurji realizatsiyasini amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi mavzusiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda  “Baraka Dori Farm” MCHJ XK, “Memory Pharm AG” MCHJ, “Curatio Pharm” MCHJ, “Florence Healthcare” MCHJ, “Geeta Pharma” MCHJ, “Ganga Healthcare” MCHJ, “Laxisam” MCHJ, “Vitalek” MCHJ, “Rain Sen Da” MCHJ, “Neo-Farm” MCHJ, “Advance Pharmaceutical Business” MCHJ XK, “British Pharma” MCHJ, “PHARM CONTINENT” XK tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilishni tartibga soluvchi ayrim qonunchilik hujjatlari talablarining tizimli ravishda buzilish holatlari uchrayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, yaroqsiz holga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini zudlik bilan muomaladan  chiqarish va ularni yo‘q qilish tartib qoidalari bo‘yicha tushuntirish berildi hamda yig‘ilish qatnashchilariga mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatildi.

Shu bilan birga, “Zarur distribyutorlik amaliyoti”, dori vositalarini saqlash va ulgurji realizatsiya qilishni tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, dori vositalari narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilish litsenziya talab va shartlari ekanligi yana bir karra taʼkidlandi.

Majburiy sertifikatsiyalash muddati 2024 yilga qadar ekanligini hisobga olgan holda litsenziatlar o‘z faoliyatlariga “Zarur distribyutorlik amaliyoti” qoidalarini joriy etishni yanada jadallashtirishlari lozimligi haqida yana bir ogohlantirildilar. 

Yig‘ilish so‘ngida Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Zufarova yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, barchani Agentlik rasmiy saytidagi litsenziyalash va litsenzion nazorat sahifalarini doimiy kuzatib borishga, taklif va mulohazalar bilan murojaat etishga chorladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech