O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

JSST dunyoga koronavirus vaksinasini tarqatish rejasini maʼlum qildi

«Rahbarlar birinchi navbatda, o‘z fuqarolarini himoya qilishni xohlashadi. Biroq pandemiyaga qarshi kurash umumiy bo‘lishi kerak. Bu xayriya masalasi emas. Biz tajribadan bilamizki, pandemiyani to‘xtatish va iqtisodiy rivojlanishni tiklashning eng qisqa usuli bu har bir mamlakatda yashovchilarni emas, balki yuqori xavfli guruhlarni iloji boricha tezroq himoya qilishdir», - dedi JSST Bosh direktori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yondashuv hamma davlatning manfaatlariga mos keladi. Chunki agar bitta odam himoyalanmagan bo‘lsa, hech kim o‘zini xavfsiz his qila olmaydi.

JSST rahbari shuningdek, yangi diagnostika vositalari, dorilar va vaksinalar ishlab chiqilayotgan paytda, o‘tmishdagi xatolarni takrorlamasdan, «vaksina millatchiligi»ga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, adolat va tenglik tamoyillariga asoslangan vaksinalarni taqsimlash rejasi ikki bosqichdan iborat.

Birinchi bosqichda virus tarqalishining umumiy xavfini kamaytirish uchun vaksinalar teng miqdorda va bir vaqtning o‘zida uning jahon rivojlanish mexanizmida ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarga yetkaziladi.

Ikkinchi bosqichda tahdidlar va zaifliklar miqyosi hisobga olinadi. Bu yerda, birinchi navbatda, tibbiyot xodimlari va ijtimoiy ishchilar, shuningdek keksa odamlar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarga yetkazib beriladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech