O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Shahrisabz tumanidagi “Kamar dorivorlari” MCHJ farmatsevtik korxonasi faoliyati o‘rganildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining tegishli bo‘yrug‘i bilan Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari lavozimida ish boshlagan Saidqul Xolmatov joriy yilning 26 iyun kuni, viloyatdagi “Kamar dorivorlari” MCHJ farmatsevtik korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanining “Eski Chopiq” QFY hududida joylashgan “Kamar dorivorlari” MCHJ 995 gektar yer maydonida 50 turdan ortiq dorivor o‘simliklar yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda korxona hududining 60 gektarida buyrak choy o‘simligi, 50 gektarida tubulg‘a bargli bo‘ymadoron o‘simligi, 10 gektarida chakanda daraxti, 40 gektarida dastarbosh o‘simligi, 600 gektarida achchiq bodom daraxti va 60 gektarida dalachoy o‘simliklari ekilgan bo‘lib, mutaxasisslar tomonidan parvarish qilinmoqda.

Shuningdek mazkur hududda juda ko‘p miqdorda anzur piyozi, qichitqi o‘t, radiola, valeriana, tog‘ qizil do‘lanasi, andiz, barbaris dorivor bo‘ta va o‘simliklarni uchratish mumkin.

Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Saidqul Xolmatov  maʼlum qilishicha, “Kamar dorivorlari” MCHJ tomonidan yetishtirilayotgan dorivor o‘simliklarning barchasi Ibn Sino bobomizning “Tib qonunlari” asarida uchratishimiz mumkin. «Har bir dorivor o‘simlik o‘zinig alohida taʼsiri bilan ajralib turadi», – deydi S.Xolmatov.

“Kamar dorivorlari” MCHJ rahbari Meliqul Xolovning taʼqidlashicha korxona joriy yilda Eron davlatidan achchiq bodomning yog‘ga boy navidan olib kelgan bo‘lib, mazkur navli 35 ming to‘p ko‘chat va 1 million dona urug‘ ekilgan. Korxona kelajakda dorivor o‘simliklardan ekstraktlar, substansiyalar, moylar ajratib olishni reja qilgan.

«Ibn Sino bobomiz chakanda o‘simligidan olinadigan moyni vitaminlar chempioni degan chunki tarkibida suvda va yog‘da eriydigan vitaminlarni ko‘rish mumkin», — deydi M.Xolov.

O‘rganish davomida korxona duch kelayotgan muammolar haqida so‘ralganda, korxona rahbari dorivor o‘simliklardan yog‘ ajratib oladigan apparat olib kelganligi lekin hujjalashtirish masalasida muammosi borligini aytdi. Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Saidqul Xolmatov  “Kamar dorivorlari” MCHJga mazkur masala yuzasidan vakolat doirasi yordam berishga tayyorligini bildirdi va dorivor o‘simliklar yetishtirishni rivojlantirish borasida o‘zaro kelishib olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech