O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kasallik tarixini yozish usulini kiritgan kim o‘ylab topgan?

Kasallik tarixi – davolash profilaktika muassasalarida har bir bemorga tutiladigan asosiy tibbiy hujjat. Bemordagi kasallikni aniqlash va davo uchun zarur maʼlumotlar, bemorni kuzatish davrida uning ahvolida ro‘y bergan o‘zgarishlar, bemorga tavsiya etilgan maslahatlar qayd etiladi. Xotimada kasallik tashhisi va qilingan davo asoslab beriladi. Bemor o‘lgan taqdirda Kasallik tarixiga patologoanatomik tekshirish bayonnomasi ilova qilinadi. Zarur hollarda kasallik tarixi sud-tibbiyot tergovini olib borish uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Tug‘ruqxonalarda Kasallik tarixi tug‘ilish tarixi deyiladi. Ambulatoriya va sog‘liqni saqlash punktlarida ambulatoriya kartasi tutilib, u yozuvlarininng ancha qisqaligi bilan Kasallik tarixidan farq qiladi.

Kasallik tarixi ana shunday muhim hujjatlardan biri. Uning ham o‘z tarixi bor. U qadim Sharqqa borib taqaladi.

Abu Bakr Ar Roziy 28 avgust 865 yil Reya (Eron) shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan musiqa, adabiyot, astronomiya, matematika bilan shug‘ullangan. Keyinchalik falsafa, ximiya va tibbiyot bilan qiziqqan. U juda ko‘p safarda bo‘lib, Buxoro, Bog‘dod, Kordova va boshqa shaharlarda bo‘lgan. Bog‘dod va Reya shaharlaridagi shifoxonalarida ishlagan. Bog‘dod shahridagi shifoxonasining qurulishida ishtrok etgan  va keyinchalik 20 nafar shifokordan iborat shifoxona shtatini boshqargan.

Shifoxona qurilishi uchun joy topish maqsadida juda qiziqarli usul topgan: u har bir shahar chetiga go‘sht bo‘laklarini osib qo‘ygan va qaysi joylarda go‘sht bo‘laklar ko‘p saqlananishini va chirimasligini kuzatgan. Ushbu joy eng toza va shifoxona qurilishiga to‘g‘ri keladigan deb topilgan.

Ar Roziy shifoxonasi bir necha bo‘limdan iborat bo‘lgan, bularning ichiga: ko‘z kasalliklari, terapiya, jarrohiya va shifokorlarni tayyorlash maktabi edi. Tibbiyot maktabining talabalari amaliyotni shifoxonada o‘tkazishar edi. Shifoxona shtati kichik va katta shifokorlardan iborat bo‘lgan. Agar shifokorlar tashxis qo‘yishda qiynalishganda bemorni Ar Roziy ko‘rikdan o‘tkazgan. U birinchilardan bo‘lib Sharqda kasallik tarixini yozish usulini kiritgan.

Ar Roziy chechak kasalligi bilan og‘rigan bemor qayta kasallanmasligini bilgan va variolyatsiyani qo‘llagan. Ximiyani bilganligi uchun, u maymunlarda dorilarning dinamikasini aniqlagan. Mohir jarroh bo‘lib u suyak chiqishini, suyak sinishi va jarohatlarni davolagan. Yod jismlari olish uchun asobobni taʼriflab bergan, birnchi bo‘lib bint va paxtani qo‘llagan, qorin bo‘shlig‘i yaralarini tikish uchun qo‘y ichaklaridan ip tayyorlagan. Kuzatuv natijalarini, tadqiqotni va davolash usullarini qo‘shib davolash usullarini takomillashtirdi.

Ar Roziy: «Shifokor nafaqat o‘qigan bo‘lishi kerak, balki o‘ylash qobiliyati va amaliyotni qo‘llashi kerak»,- deb yozadi Ar Roziy Gippokratning, Galening, K. Selsing, Sushrutning asarlarini o‘rgangan.

Abu Bakr-ar-Roziy o‘z ish foaliyatini anatomiya va fiziologiyani o‘rganish bilan boshlagan. U nerv va mushak funksiyalariga aniqlik kiritgan. Ar Roziy  m. Cricothireoideus paralichini taʼriflab bergan, bunda nafas qisilishi va ovoz yo‘qolishi bo‘ladi.

Ilmiy meditsinani rivojlanishiga olib kelgan asarlari: «Ko‘rish va ko‘zdan nur chiqmasligi», «Ko‘z qorachig‘ining qorong‘ida kengayishi va yorug‘da torayishi sabablari». «Odam aʼzolarining ishi» asarida organlarning funksiyalari xaqida maʼlumotlar berilgan. Baʼzi asarlarida odamning uzoq yashashi va iqlimning odam tanasiga taʼsiri xaqida maʼlumotlar bor. Ensiklopedik asarlari safiga «Tibbiyotni to‘liq qamrab olgan kitob» (25 jildan ibort) va «Tibbiyotga oid kitob» kiradi. Roziyning «Chechak va qizamiq» nomli kitobi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Har birini kechishi, organizmda qanday o‘zgarishlar paydo qilishi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligigi ko‘rsatilgan. Bu kitobda boshqa infeksion kasaliklarga ham keng taʼrif berilgan.

Abu Rayxon Beruni fikricha, Ar Roziyning qolgan merosi 184 katta va kichik asarlardan, undan 68 tasi bizning vaqtimizgacha yetib kelgan. Umrini oxirlarida Ar Roziy Rey shahrigi qaytib kelgan va uni tark etmagan. 28 oktyabr 925 yilda 60 yoshda u vafot etadi.

Maqolani Nargiza Kamalova tayyorladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech