O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koreyalik investorlar Oʼzbekistonda farmatsevtika tarmogʼini rivojlantiradi

Oʼzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʼrtasida tibbiyot va farmatsevtika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Sogʼliqni saqlash vaziri Аlisher Shodmonov va Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariev ayni paytda Janubiy Koreyada tashrif bilan boʼlib turibdi.

Sogʼliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi xabar berishicha, tashrifning dastlabki kunida Oʼzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vaziri Song Yu Mo bilan uchrashdi. Muloqotda vaziri Song Yu Mo koreyalik investorlar Oʼzbekistonda farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidlab oʼtdi.

«Darhaqiqat, mamlakatimizda farmatsevtika sohasiga investitsiya jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 2018 yilda respublika hududlarida farmatsevtika tarmogʼida umumiy qiymati 96,26 million АQSh dollari miqdorida investitsiya yoʼnaltirilgan holda 34ta loyiha ishga tushirilib, 1501ta yangi ish oʼrni yaratilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʼljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qaroriga asosan esa joriy yil davomida farmatsevtika tarmogʼida umumiy qiymati 216,5 million АQSh dollari qiymatidagi 20ta loyiha amalga oshirilishi va natijada 2218ta yangi ish oʼrni tashkil etilishi rejalashtirilgani diqqatga sazovor», deyiladi xabarda.

Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekistonda 159ta farmatsevtika korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning 90tasi dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 58tasi tibbiyot buyumlari, 11tasi esa tashxis uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 35 farmakoterapiya guruhidan 26 guruhga kiritilgan preparatlar ishlab chiqarilmoqda.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish Аgentligi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech