O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koreyalik konsultantlar navbatdagi tashrif bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida

Koreya Eksimbanki, Iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (EDCF) tomonidan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri 2-fazasi texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun saralab olingan konsultantlarning O‘zbekistonga ikkinchi ishchi tashrifi boshlandi.

Mazkur tashrif davomida klinik tadqiqotlar markazi va R&D markazini loyihalashtirish, shuningdek bu va IT markazlarini jihozlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tashrifning ilk kunida konsultantlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari bilan uchrashishdi. Koreyalik mutaxassislarning yana agentlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ekspertlari bilan muloqotlari ham rejaga kiritilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech